6 oyda ortiqcha 5,7 mlrd so‘m pensiya va nafaqa berib yuborilgani aniqlandi

Olam

image

O‘tgan yarim yilda Pensiya jamg‘armasi tizimida 3 292 holatda 5 mlrd 718,3 mln so‘mlik moliyaviy xatoliklar va ortiqcha pensiya to‘lovlari aniqlandi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi boshlig‘i Dilshod Mirsaidov ma’lum qildi.

Xatoliklar quyidagi yo‘nalishlarda aniqlangan:

•    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun ma’lumotlarni xato shakllanishi natijasida 2 194 holatda 3 mlrd 510,3 mln so‘m;

•    Davlat pensiya va nafaqalarining noto‘g‘ri tayinlanishi va hisoblanishi natijasida 913 holatda 2 mlrd 179,7 mln.so‘m;

•    Hududlarda buxgalteriya hisobini yuritishda smeta-shtat va byudjet intizomining buzilishi natijasida 185 holatda 28,2 mln so‘m.

Ushbu aniqlangan qonunbuzilish holatlarining barchasi huquqiy baho berish uchun huquqni muxofaza qilish idoralariga topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa pensiya

Baholaganlar

341

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing