6 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda – SSV

Jamiyat 5603
image

Bugun, 28 iyun kuni O‘zbekistonda 266 holatda kasallik qayd etildi. Ayni paytda shifoxonada davolanayotgan bemolarning 6 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shundan 247 nafari Karantin muassasalarida, 16 nafari aholi orasida aniqlangan. Jumladan:

•    6 nafar Andijon viloyatida;

•    4 nafari Samarqand viloyatida; 

•    2 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida;

•    1 nafardan Toshkent viloyati hamda Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.

Qolgan 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Kun davomida 89 nafar bemor sog‘aydi. Ular Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 7948 nafar bemordan 5329 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 67 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2597 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Hozirda mamlakatda uy karantinida 40 120 nafar, statsionar karantinda esa 23 432 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 125
Reyting: 3
t
×