6 ming yil uyquda bo‘lgan vulqon uyg‘ondi (video)

Olam

Islandiyaning Reykyanes yarimorolida Fagradalsfyal vulqoni otila boshladi. Bu mintaqadagi so‘nggi 800 yildagi ilk vulqon otilishi. Bu haqda mamlakatning meteorologik idorasi xabar bergan.

Vulqon mamlakat poytaxti Reykyavikdan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan.

“Vulqon otilishi natijasida 1 km maydonga lava oqib borgan”, deyiladi xabarda.

Sohil qo‘riqchisi tomonidan suratga olingan videodan ko‘rinib turibdiki, vulqon tuynugidan lava ikki tomonga tarqalib ketgan.

Meteorologlar hisob-kitobiga ko‘ra, vulqon otilishi mahalliy aholiga, aholi punktlari yoki infratuzilma ob’ektlariga xavf solmaydi. Ammo vulqon gazining ba’zi zararlari bo‘lishi mumkin. Hukumat kuchli shamol va yomg‘ir uning tarqalishini kamaytiradi deb umid qilyapti.

"Associated Press" xabariga ko‘ra, Fagradalsfyal so‘nggi 6 ming yildan beri uyquda bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

vulqon Islandiya

Baholaganlar

383

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing