6 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobusdagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Sirdaryoda avtomaktabga tegishli avtobusda gaz balloni portlagani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Oqoltin tumanida Isuzu rusumli avtobusga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida 6 nafar odam halok bo‘lganligi 15 nafari esa tan jarohati olganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 262-moddasi (Transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga chiqarish qoidalarini buzish) 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 avgust kuni soat 14:30 larda Oqoltin tumani hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli bo‘lgan Isuzu rusumli avtobus, metan gaz to‘ldirib chiqqan vaqtda portlab ketdi. 

Hodisa oqibatida 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi tan jarohati olgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash avtobus gaz ballon

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing