6 085 ta “dom” mukammal ta’mirlanadi — Prezident qarori

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 iyulgacha respublikadagi:

●  1 227 ta ko‘p kvartirali uy-joy;
●  30 ta maktab;
●  64 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
●  9 ta OTM va kollej;
●  90 ta avtoturargoh;
●  173 ta bolalar maydonchalari joylashgan hududlar (jami 16 281 878 kv. m maydon) ochiq tanlov o‘tkazish yo‘li bilan boshqaruvchi tashkilotlarga biriktiriladi.

Barcha davlat buyurtmachilariga tanlangan boshqaruvchi tashkilot bilan biriktirilgan hududda istisno tariqasida tanlov o‘tkazmasdan kommunal va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2022–2025 yillarda:

  • 6 085 ta ko‘p kvartirali uy-joylar mukammal va joriy ta’mirlanadi;
  • 1 800 ta bolalar maydonchasi quriladi va ta’mirlanadi;
  • ko‘p kvartirali uy-joylarga tutash 1 102 ming kv. m maydondagi yo‘laklar betonlanadi;
  • 14 387 ta tashqi yoritish tizimi ta’mirlanadi. 

Shuningdek, ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan va ma’nan eskirgan jami 268 ta ko‘p kvartirali uy-joylar renovatsiya qilinadi. Shundan 2021 yilda 211 ta uylar buzib qayta tiklanadi hamda 57 tasi rekonstruksiya qilinadi. 

2021 yil 1 iyuldan har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun majburiy badallarning yoki to‘lovlarning alohida hisobi yuritilishi shart.

Qarorga ko‘ra, mulkdorlar yoki boshqaruvchilarga ko‘p kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalari chegaralari va o‘lchamlarini belgilash hamda ularga doimiy foydalanish huquqini belgilovchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni bir yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.

Boshqaruvchilar bir yilda bir marta ko‘p kvartirali uy-joylardagi tayanch va to‘siq konstruksiyalar (umumiy mol-mulk) butligini xatlovdan o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror

Baholaganlar

74

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing