Uill Smit “Oskar”dagi voqeadan so‘ng Amerika kinoakademiyasidan ketdi 

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik aktyor Uill Smit “Oskar” topshirish marosimi chog‘ida boshlovchi Kris Rokga shapaloq urganidan so‘ng, Kino san’ati va fanlari akademiyasidan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda. 

“Men Kino san’ati va fanlari akademiyasi a’zoligidan iste’fo beraman va Kengash tegishli deb hisoblagan har qanday oqibatlarga rozi bo‘laman”, degan Smit telekanalga bergan bayonotida. 

Shov-shuvli voqea joriy yilning 27 mart kuni “Oskar” mukofotini topshirish marosimida “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasi g‘olibi aniqlanishidan oldin sodir bo‘lgan. Boshlovchi Kris Rok alopetsiyadan aziyat chekadigan Smitning rafiqasi, aktrisa Jada Pinkett-Smitning kal boshi ustidan kulgan. Smit sahnaga chiqqan va Rokga tarsaki tushirgan.  

Ma’lumot o‘rnida, Smit “Qirol Richard” dramasidagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritdi. Aktyor uchun bu “Oskar”dagi uchinchi nominatsiyasi va birinchi g‘alabadir. Filmda u mashhur amerikalik tennischilarning otasi va murabbiyi Richard Uilyams rolini o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

Oskar Uill Smit

Baholaganlar

1034

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing