+554. O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 92 foizga yetdi
Jamiyat
−
27 avgust 2020
6381Bugun, 27 avgust kuni ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 554 nafar bemor sog‘aydi.
Jumladan, Toshkent shahrida 397 nafar, Toshkent viloyatida 126 nafar, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 7 nafardan, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 5 nafardan, Farg‘ona viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy viloyatida 2 nafardan bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 37 116 (+554) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 92 foizga yetdi.
LiveBarchasi