54-o‘lim. Toshkentlik bemor vafot etdi
Jamiyat
−
10 iyul 2020
10083O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Shu tariqa O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 54 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toshkent shahri Bektemir tumanida yashovchi 69 yoshli V.M. joriy yil 8 iyul kuni Toshkent viloyati shifoxonasidan o‘ta og‘ir ahvolda Zangiota tumanidagi ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan.
Unga “COVID-19” og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, miokard infarkti asoratlari bilan kechgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
LiveBarchasi