53 yoshli Roberto Karlos uylandi
Sport
−
15:27 1811 1 daqiqa
Braziliyalik futbol afsonasi Roberto Karlos marokashlik futbol agenti Suhayla Ettahiriga uylandi. Bu haqda Suhayla Instagrm sahifasida ma’lum qildi.
Juftlikning suratlari kecha, 17 avgust kuni keng ommaga e’lon qilindi. Bu esa ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini Braziliya terma jamoasi va “Real Madrid”ning sobiq yulduzi yaqinda uylangan, degan xulosaga olib keldi.
Biroq ularning nikohi haqida avvalroq, yanvar oyida bo‘lib o‘tgan. Qayta tarqalgan suratlar esa iyul oyida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida olingan.
Ettahiri Roberto Karlosning rafiqasi bo‘lishidan tashqari, futbol sohasida ham professional faoliyat yuritadi. U Ispaniyada FIFA litsenziyasiga ega futbol agent bo‘lib, futbolchilarni boshqarish va ularning manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi.
“Sky News Arabia” ma’lumotiga ko‘ra, Ettahiri va Roberto Karlosning munosabatlari dastlab professional muhitda boshlangan va keyinchalik shaxsiy munosabatlarga aylangan. Keyinchalik sobiq futbolchi Ettahirini ommaga o‘zining rafiqasi sifatida tanishtirgan. U uni muvaffaqiyatli tadbirkor ayol va hayotiga baxt olib kirgan inson sifatida ta’riflagan.
To‘y suratlarining qayta tarqalishi natijasida Ettahiri Roberto Karlos bilan birga yana jamoatchilik e’tiboriga tushdi.
Live
Barchasi