52 o‘zbekistonlikning “qotili”ga hukm o‘qildi
Olam
−
14 avgust 2019
7417Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida O‘zbekistoning 52 fuqarosi yonib ketgan avtobus egasi Orduxan Mextiyevga sud hukmi o‘qildi. Mextiyev uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “informburo.kz” xabar berdi.
U nosoz avtobusdan qonunga zid ravishda foydalanishda ayblangandi.
“Turkiston viloyati Sariog‘och tuman sudi Mextiyevni 3 yil ozodlikdan mahrum qilib, jazoni xavfsizlik choralar minimal darajada bo‘lgan jazoni qamoqxonada o‘tashini belgiladi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekistonliklarning o‘limiga olib kelgan o‘sha mudhish voqea 2018 yil 18 yanvarda Aqto‘be viloyatida yuz bergandi. Voqea oqibatida 52 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, 5 erkak, jumladan haydovchilar tirik qolgan. Avtobus egasi – qozog‘istonlik Orduxon Mextiyev voqeadan keyin qochib ketgan va xalqaro qidiruvga berilgan. U 2018 yil 1 dekabrda Toshkentda ushlanib, Chimkentga ekstraditsiya qilingan.
Ayblanuvchi transport vositasining yonishi va 52 kishining o‘limiga olib kelgan texnik nosozlikka ega avtobusdan qonunga xilof ravishda foydalanishda ayblangan.
Ushbu ish bo‘yicha 5 kishi, jumladan uch haydovchi – Barat Tanatov, Nurjan Kirg‘izbayev, Maksat Pernebekov va avtobuslarning reys oldi ko‘rigiga javob beruvchi “Aziya tranzit servis” MCHJ ta’sischisi Nurlibek Telepbayev va mexanigi Bahodir Perdebayev ayblanuvchilar deb topilgan. 2018 yil noyabrda haydovchilar 5 yillik, ta’sischi va mexanik 3,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
LiveBarchasi