51 yoshli Nargiz Zokirova to‘rtinchi farzandini kutmoqda
Madaniyat-san’at
−
10 avgust 2022
8185651 yoshli san’atkor Nargiz Zokirova to‘rtinchi bor ona bo‘ladi. Bu yangilikni u o‘zining Instagram sahifasida e’lon qildi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga xonanda turmush o‘rtog‘i Anton Lovyagin bilan tushgan suratini joylab, “to be”, deya izoh qoldirdi. Barcha kuzatuvchilari xonandaga iliq fikrlar bildirayotgan bir vaqtda, u rasmni sahifasidan o‘chirib tashladi.
Nargiz Zokirova o‘zidan 12 yosh kichik Anton Lovyaginga turmushga chiqqan. Ularning to‘yi 2022 yil Fransiyada bo‘lib o‘tgan.
Zokirovaning uch nafar farzandi va ikki nafar nevarasi bor. U hozirda AQSHda istiqomat qilyapti.
LiveBarchasi