50 yoshli Gvardiola koronavirusga chalindi

Sport

image

Bugun, 6 yanvar kuni “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola koronavirusga chalindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 50 yoshli mutaxassis va uning yordamchisi Xuanma Lilloning koronavirusga qarshi topshirgan testlari musbat natija bergan. Hozirda har ikki mutaxassis ham izolyatsiya qilingan.

Gvardiola ertaga, 7 yanvar kuni Angliya kubogi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Suidon Taun”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda “Man Siti”da 21 nafar xodim COVID tufayli izolyatsiya qilingan: 14 xodim va 7 futbolchi.

Ma’lumot uchun, “shaharliklar” joriy mavsum APL turnir jadvalida 53 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. 2-pog‘onadagi “Chelsi” hisobida 43 ochko mavjud.
 


Maqola muallifi

Teglar

Gvardiola Man Siti COVID

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing