30 dan ortiq vazirlik va tashkilotlar qonunni pisand qilmay kelmoqda

Jamiyat 8649
image

2021 yilda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun talablarini 50 dan oshiq vazirlik va tashkilotlar bajarmagan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining kecha, 6 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva ma’lum qildi.
 
Aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi (Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari)ga ko‘ra, vazirlik, idora va tashkilotlar axborot-kutubxona va arxiv muassasalariga faoliyatlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni taqdim etishlari belgilangan.

“Qonun imzolanganidan keyin O‘zbekiston Davlat Arxivi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nizom ishlab chiqqan. Nizomda kerakli ma’lumotlar qachon va qanday tartibda, qaysi sanagacha, shu bilan birga qog‘ozda emas, diskda berilishi belgilangan. Milliy kutubxonada alohida ochiqlik to‘g‘risidagi portal yaratilgan va barcha ma’lumotlar shu portalga joylanadi.
 
2019 yilda 63 ta vazirlik-idoralardan 39 tasi, 2020 yilda esa 13 ta vazirlik ma’lumotlarni topshirgan. 2021 yilda esa 21 ta vazirlik ma’lumotlarni taqdim etgan. Qolganlarga xat bilan murojaat qilganmiz. Aslida kalendar yil tugagandan so‘ng, o‘tgan yilga oid (1 yanvar — 31 dekabr holatiga) axborotlar aks ettirilgan hujjatlar jamlanib, ularning elektron nusxalari tayyorlanadi. Barcha ma’lumotlar aks ettirilgan disklar har yili 31 yanvargacha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari markaziy apparati tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxiviga taqdim etilishi kerak”, deydi Milliy kutubxona direktori.  
 

Umida Teshabayevaning QALAMPIR.UZʼ ga ma’lum qilishicha, 2021 yilda "Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi qonun talablarini quyidagi vazirlik va tashkilotlar bajarmagan:

•  O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Qushloq xo‘jaligi vazirligi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi;

•  O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi;

•  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi;

•  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi;

•  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi;

•  Vazirlar Markamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi;

•  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat" O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi;

•  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat kilish davlat inspeksiyasi;

•  Qashqadaryo viloyati AKM;

•  A.Qodiriy nomidagi Navoiy viloyati AKM;

•  Xorazm viloyati AKM;

•  Toshkent shahar “Bilim” AKM;

•  Bobur nomidagi Andijon viloyati AKM;

•  Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati AKM;

•  Axmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati AKM;

•  Surxondaryo viloyati AKM;

•  Jizzax viloyati AKM;

•  Sirdaryo viloyati AKM;

•  Namangan viloyati AKM;

•  Samarqand viloyati AKM.

Feruza Najmiddinova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 167
Reyting: 3
t
×