5 yil ichida havo rekord darajagacha isiydi – olimlar

Olam

image

Olimlar yaqin besh yil ichida Yer harorati rekord darajaga ko‘tarilishini taxmin qilmoqda. Bu haqda Turkiyaning Bog‘ozichi universiteti qoshidagi Iqlim o‘zgarishi va siyosati tadqiqot markazi direktori professor Levent Kurnaz “Anadolu”ga ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, yaqin besh yil ichida Yerning harorati eng issiq yil sifatida tarixga kirgan 2016 yilning rekord darajalarini yangilaydi. 

Kurnazning eslatishicha, Jahon meteorologiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, “El-Nino” fenomeni, ya’ni Tinch okeanining markaziy va sharqiy zonalarida suv yuzasi haroratining anomal ravishda oshishi, Yer haroratining rekord darajada isishiga olib keladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har yili ko‘mir, neft va tabiiy gaz qazib olish jarayonida atmosferaga issiqxona gazlari chiqarilishi hisobiga havo harorati ko‘tariladi.

“El-Nino” hodisasidan oldin yana bir tabiiy hodisa – “La-Nino” butun uch yil davomida kuzatilgan. Bu kelgusi yillarda haroratning rekord darajaga ko‘tarilishini muqarrar qiladi. Havo haroratining oshishi mamlakatimiz va Janubiy Osiyo uchun ham katta muammo tug‘diradi, bu yerda harorat allaqachon xavfli darajaga yetgan. 2023 yildan 2027 yilgacha Yer yuzasining o‘rtacha yillik harorati 1850-1900 yillarga nisbatan 1,1 dan 1,8 darajaga yuqori bo‘lishini taxmin qilmoqda. Bu, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun jiddiy xavf tug‘diradi”, deydi tadqiqot markazi direktori.

Shuningdek, shimoliy qutbdagi isish Yerning qolgan qismiga nisbatan ancha kuchli ekanligini qayd etgan. 

“Kelgusi besh yil ichida haroratning oshishi sayyoramizning qolgan qismiga qaraganda uch baravar yuqori bo‘ladi”, deydi Kurnaz.


Maqola muallifi

Teglar

issiq Er harorati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing