5 yoshli bola bog‘chada “razbavitel” ichib yuborgan. U hozir qay ahvolda?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bo‘ëq suyultirgich (razbavitel) ichib qo‘ygan 5 yashar bola og‘ir ahvolda reanimatsiyada ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur vaziyat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Haqiqatdan, Xorazm viloyati Xonqa tumani Madir qishlog‘ida yashovchi 5 yashar Lochinbek Sharipov 32-sonli “Qaldirg‘och” bolalar bog‘chasida bilmasdan bo‘ëq suyultirgich (razbavitel) ichib qo‘ygani oqibatida 22 avgust kuni soat 17:10 da tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga murojaat qilgan va shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Unga bo‘yoq eritish vositasidan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.

Bo‘limda shifokorlar tomonidan bemorning oshqozoni yuvilib, zudlik bilan intensiv davo muolajalari olib borilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida bemor ahvoli yaxshilangan va ertasi kuni bolalar bo‘limiga o‘tkazilgan. Mazkur bo‘limda ham davo muolajalari davom ettirilgan holda 24 avgust kuni shifokorlar tekshiruviga ko‘ra, ahvoli qoniqarli deb topilib, uyiga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, 28 avgust kuni tuman tibbiyot birlashmasining bir guruh mutaxassislari Lochinbek Sharipovning uyiga borib, uni qo‘shimcha ko‘rikdan o‘kazishgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, bolaning ahvoli qoniqarli va sog‘lom. Ayni paytda u shifokorlarning doimiy nazoratida.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm zaxarlanish

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing