5 ta hududda yana yangi kasallanish qayd etildi

Jamiyat

image

Bugun, 11 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 241 nafarga oshib, 31 545 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

•  193 nafari Toshkent shahrida; 

•  21 nafari Samarqand viloyatida; 

•  12 nafari Sirdaryo viloyatida; 

•  8 nafari Navoiy viloyatida;

•  7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun Yunusobod tumanida yashagan 60 yoshli A.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli A.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 22 992 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (73 foiz) sog‘aygan.

Hozirda Respublikada 8 351 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1361 nafari og‘ir, 387 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

267

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing