5 sentyabrdan maktab va bog‘chalar faoliyatiga ruxsat beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda  maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarining an’anaviy va masofaviy shakldagi faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarorida belgilandi

Qaror bilan 5 sentyabrdan boshlab ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlari takliflariga muvofiq sentyabr oyidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarining an’anaviy va masofaviy shakldagi faoliyatiga ruxsat berildi.

Bunda ushbu ob’ektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

•    xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni mashg‘ulotlar chetlatish; 

•    xodimlar tibbiy niqobdan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;

•    sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;

Ma’lumot uchun, mamlakatda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv yili 14 sentyabrdan boshlanishi kutilayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab bog'cha

Baholaganlar

999

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing