Kafe, restoran va kinoteatrlar faoliyatiga ruxsat berildi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2020
7162O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi.
Qaror bilan qator faoliyat turlariga ruxsat berildi:
2020 yil 5 sentyabrdan boshlab umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga ruxsat berildi. Bunda ushbu ob’ektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etishi talab etiladi:
• banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
• stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;
• bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
• xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
• har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
• bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish.
Shuningdek, tomosha va madaniy-ko‘ngilochar ob’ektlar (faqatgina teatr va kinoteatr) faoliyatiga ruxsat berildi. Bunda ushbu ob’ektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etishi talab etiladi:
• ob’ektning havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish;
• tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish hamda tibbiy niqobda bo‘lish (zarur hollarda tadbir 2 soatdan ziyod davom etganda niqobni bepul almashtirish);
• ob’ektlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “to‘shaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o‘lchab, 370S va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda kiritmaslik;
• har bir seansdan keyin o‘rindiq va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
• xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi.
Parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyati ham tiklanmoqda. Bunda ushbu ob’ektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:
• tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda navbatda turishini ta’minlash;
• attraksionlarning yuza qismini har soatda yoki har bir foydalangandan so‘ng dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
• attraksiondan foydalanishda ijtimoiy masofani saqlash;
• xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
• bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish (yopiq binolardagi attraksionlar faoliyati uchun).
LiveBarchasi