5 kishini o‘ldirgan shaxs ushlandi. Qotillikka qarz sabab bo‘lgan

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyatida bir oilaning barcha  a’zolari o‘ldirilib, uyiga o‘t qo‘yilgani haqida  xabar berilgandi. Ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Yangiyo‘l tumanida 5 nafar shaxsni qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlangan. 

Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshdagi gumonlanuvchi shaxs marhumning qarindoshi hisoblanib, u ushbu jinoyatni o‘rtalarida mavjud bo‘lgan qarz munosabati sababli sodir etgan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qotillik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing