5 iyundan karantin tadbirlari to‘liq tugaydimi?
Jamiyat
−
05 iyun 2020
11784Agarda kasallik bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik o‘sish sur’ati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ma’lum qildi.
5 iyundan karantin tadbirlari to‘liq tugaydimi?
"Karantin tadbirlari tugatilishi yoki bir muddat cho‘zilishi — koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyatni e’tiborga olgan holda belgilanadi.
Agarda kasallik bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik o‘sish sur’ati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi", deydi Botir Qurbonov.
2020 yil 4 iyun kuni SEOAning rasmiy sahifalarida tuman va shaharlarning toifalar bo‘yicha yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi. Endi Respublika maxsus komissiyasi emas, Agentlik tomonidan hududlar toifalarga ajratiladimi?
"Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 maydagi yig‘ilish bayoni bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga tuman (shahar)larning toifalarini o‘zgartirib borish vazifasi yuklatilgan.
Shundan kelib chiqqan holda, joriy yil 2 iyun holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kiritilgan takliflar, bemorlarni butunlay sog‘ayishi hamda epidemik vaziyatni e’tiborga olib Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tuman (shahar)larning toifalarini o‘zgartirildi.
Endilikda shu tartibda har haftada o‘zgartirish ishlari tizimli olib boriladi", deydi Botir Qurbonov.
Avvalroq, karantinda qancha odam saqlanayotgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, so‘nggi ikki hafta ichida aholi orasidan qancha bemor aniqlangani ma’lum qilindi.
LiveBarchasi