48 yoshli erkak xotinini soxta YTH orqali o‘ldirdi

Olam

image

Italiyaning Puliya hududida 48 yoshli fermer o‘z rafiqasini avval boshiga qattiq jism bilan urib, so‘ng tiriklayin avtomashina ichida yoqib yuborgani gumon qilinmoqda. Hodisa 2024 yil 27 sentyabr kuni San-Severo shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Shubhali shaxs politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, buni yo‘l-transport hodisasi deb ko‘rsatishga uringan. Bu haqda ANSA yozdi.

Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 47 yoshli ayol avval hushidan ketkazilgan, keyin esa oilaviy Fiat 500 avtomobiliga o‘t qo‘yilgan. Qotillikda ishlatilgan qurol topilmagan.

Sud-tibbiy ekspertiza ayol yong‘in paytida tirik bo‘lganini ko‘rsatgan – uning o‘pkasida uglerod oksidi izlari aniqlangan. Bu esa yong‘in vaqtida nafas olganini tasdiqlaydi. Gumonlanuvchi oldindan rejalashtirilgan qotillik aybi bilan hibsga olingan va tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 6 fevral kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumanida 17 yoshli o‘smir o‘z tanishi bilan avvalroq o‘rtasida yuzaga kelgan nizo oqibatida janjallashib, xo‘jalik pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazgan holda qasddan o‘ldirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Tergov hibsga olingan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing