48 yoshli Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi
Sport
−
23 fevral
5733Germaniyaning Kotbus shahri mezbonlik qilayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichida navbatdagi saralash bahslari o‘tkaziladi. Birinchi kun yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan faqatgina Oksana Chusovitina final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 fevral kuni Chusovitina o‘zining sevimli tayanib sakrash dasturida medallar uchun kurash olib boradi.
Bugun, 23 fevral kungi bellashuvlarda brusda Rasuljon Abdurahimov, erkin mashq va to‘sinda Dildora Aripova va Odina Robijonova O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, Jahon kubogining ikkinchi bosqichida 70 davlatdan 317 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Bungacha Chusovitina Misr poytaxti Qohira shahrida o‘tkazilgan dunyo birinchiligining birinchi bosqichida ishtirok etgandi.