48-o‘lim: yana toshkentlik bemor vafot etdi

Jamiyat

image

Koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir poytaxtlik bemor vafot etdi. Mamlakatda ushbu virusdan o‘limlar soni 48 taga yetdi. 

Shayxontohur tumanida yashovchi 51 yoshli R.N. (erkak)ni so‘nggi 3-4 kun davomida hansirash bezovta qilgan. 

4 iyul kuni Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan va COVID-19 infeksiyasiga namuna olinib, infeksiya bilan kasallanganligi tasdiqlangan. Ko‘krak qafasi rentgen tekshiruvidan o‘tkazilganda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan.

Davolanish dinamikasida bemorning ahvoli og‘irlashib, nafas yetishmovchiligi va hansirash kuchaygan. Shundan so‘ng u 1-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Bemor bundan avval epilepsiya kasalligi bilan nazoratda turgan, 2-guruh nogironi.

Shifoxonada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn rejimida konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing