46 mingdan ortiq kishi rasmiylardan Navalniyning jasadini oilasiga qaytarishni talab qildi

Olam

image

Ikki kundan kamroq vaqt ichida 46 mingdan ortiq odam Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasiga Aleksey Navalniyning jasadini oilasiga qaytarish talabi bilan murojaat qildi. Bu haqda “Meduza” nashri ma’lum qildi. 

Murojaatlarni yuborish uchun “OVD-Info” inson huquqlari loyihasining “Dyatel” xizmatidan foydalaniladi, bu bir necha daqiqada ariza yuborish imkonini beradi.

Yangilik e’lon qilingan vaqtda 46 965 ta so‘rov yuborilgan.

“OVD-Info” 17 fevral kuni kechqurun murojaatlarni yuborishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 fevral kuni rossiyalik muxolifatchi, Prezident Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy qamoqda o‘ldi. U Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘ida joylashgan 3-sonli “Qutb bo‘risi” axloq tuzatish koloniyasida saqlanayotgan edi. 

Muxolifatchining o‘limi ortidan Moskvada jamoatchilik 16 fevral soat 17:00 dan boshlab siyosiy qatag‘on qurbonlari yodgorligi oldiga Navalniy xotirasi uchun yig‘ilib, gul qo‘yishni boshladi. Toshkentliklar ham Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va qatag‘on qurbonlari muzeyi oldiga gullar qo‘yib keta boshladi.

17 fevral kuni Aleksey Navalniy xotirasiga bag‘ishlangan namoyishlarda kamida 100 dan ortiq kishi hibsga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing