42 yoshli o‘zbekistonlikni yuk poyezdi bosib ketdi
Olam
−
28 Oktabr 2019
5304Rossiyaning Leningrad viloyati Lomonosov tumanida 1,5 ming tonna shag‘al ortilgan yuk poyezdi O‘zbekiston fuqarosini bosib ketdi. Erkak voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar tarqatdi.
Baxtsiz hodisa 26 oktyabr kuni kechasi Novogorelov yaqinidagi temir yo‘l liniyasida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbon 42 yoshli o‘zbekistonlik bo‘lgan. U yaqin atrofdagi qurilishda ishlagan.
Mashinistning so‘zlariga ko‘ra, u yo‘lda ketayotgan piyodani ko‘rgan va signal chala boshlagan. Biroq erkak payqamay, e’tibor qaratmagan. Favqulodda tormoz berilishiga qaramasdan poyezd erkakni bosib ketgan.
Avvalroq, Orenburg viloyatida temir yo‘l yaqinidan topilgan o‘zbekistonlik shifoxonada vafot etgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi