“41-o‘lchamli krossovka yo‘qmi” – Bojxona qo‘mitasi rossiyalik blogerning iddaolariga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik bloger Varlamov Ilya Aleksandrovich Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tish chog‘ida chegara o‘tkazish punktlaridagi fuqarolar va ularning qo‘l yuklarini tegishli nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazilishiga doir shaxsiy fikrlarini bildirib o‘tgan video tarqaldi.

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘itasi shu videoda aytilgan holatlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, bloger Varlamov Ilya Aleksandrovich so‘nggi 5 yilda O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi avtomobil o‘tkazish punktlari orqali umuman harakatlanmagan. Bloger faqatgina joriy yilning 9 fevral kuni tongi soat 05:10 da Rossiya Federatsiyasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Samarqand aeroportiga uchib kelgan va 10 fevral kuni mazkur viloyatdagi “Jartepa” chegara bojxona posti orqali Tojikiston Respublikasiga chiqib ketgan.

“Jartepa” chegara bojxona postida ham ushbu shaxs soddalashtirilgan tartibda va tezkorlik bilan bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

“Samarqand xalqaro aeroporti” va “Jartepa” chegara bojxona postlarida xizmat olib borayotgan xodimlar bilan ushbu shaxs o‘rtasida hech qanday tushunmovchiliklar kelib chiqmagan”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Bloger esa o‘z navbatida, bojxonachilar uning jamadonini kavlab tekshirgani va 41-o‘lchamli krossovka yo‘qmi deb so‘raganini aytib, norozilik bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara DBQ

Baholaganlar

538

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing