4 yoshli bola “o‘rgimchak odam” libosida 8-qavatdan sakradi
Olam
−
15 may 2019
17597Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida bolakay mashhur kinoqahramon “o‘rgimchak odam” libosida 8-qavatdan sakrab tirik qoldi. Bu haqda “Kavkazskiy Uzel” xabar berdi.
Joriy yilning 8 may kuni 4 yoshli bola shaharning Gldani tumanidagi Iashvili nomidagi markaziy bolalar shifoxonasiga olib borilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi. Kecha, 14 may kuni bolakay shifoxonadan chiqishga tayyor bo‘lgan.
Voqea guvohlari bolakay mashhur qahramonga havas qilib, o‘zi 8-qavatdan sakragan bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Bolakaydan tashqari, uyda faqatgina buvisi bo‘lgan va u hech qanday shubhali hodisani sezmagan. Ayolga bu haqda qo‘shnilari aytgan.
4 yoshli bolani hayotda qolishiga o‘sha yerda yashovchilardan birining uyi oldida sinib yotgan tok daraxti sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi