Qarshida 10 kunlik chaqalog‘ini sotayotgan ayol qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Kecha, 15 iyun kuni Qashqadaryo viloyatida 10 kunlik chaqalog‘ini sotayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi va Qarshi shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada, Qarshi tumanida yashovchi 24 yoshli A.N. ismli ayol tanishi 28 yoshli F.M. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, o‘zi dunyoga keltirgan 10 kunlik chaqaloq o‘g‘lini “Qarshi” temir yo‘l vokzali oldida joylashgan avtobuslar to‘xtash joyida 1 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlangan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi Qashqadaryo

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing