4 hududda 254 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 4 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 254 nafarga oshib, 26804 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    218 nafari Toshkent shahrida (shundan 195 nafari tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;

•    23 nafari esa O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida);

•    31 nafari Samarqand viloyatida;

•    3 nafari Toshkent viloyatida;

•    2 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 181 nafar, Toshkent shahrida 174 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 88 nafari, Samarqand viloyatida 87 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 2 nafar, jami 576 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib O‘zbekistonda 17838 (+576) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8803 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

264

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing