38-o‘lim. Samarqandlik erkak koronavirusning navbatdagi qurboni bo‘ldi
O‘zbekiston
−
07 Iyul 2020 13758 1 daqiqa
Bugun, 7 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir o‘lim qayd etildi. Bu mamlakatdagi 38-o‘lim bo‘ldi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand viloyati Urgut tumani yashovchi 61 yoshli O.N. joriy yil 27 iyun kuni koronavirusga chalingan bemor bilan birlamchi muloqotda bo‘lganligi sababli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va davo muolajalari boshlangan.
Unga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi asorati bilan kechgan.
Bemor bundan avval surunkali buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, o‘tkir miokard infarkti bilan ham og‘rigan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiyalar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.
Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr