38 tishli ayol Ginnesga kirdi
Bu qiziq
−
23 noyabr 2023
5330Hindiston fuqarosi dunyodagi eng ko‘p tishli ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda "Hindustan Times" xabar berdi.
Unga ko‘ra, jahon rekordini 26 yoshli hindistonlik Kalpana Balan o‘rnatgan. Uning 38 ta tishi bor, bu odatiy tishlar soniga qaraganda 6 ta ko‘proq degani – pastki jag‘da 4 ta qo‘shimcha tish va yuqori jag‘da 2 ta tish.
Kalpananing aytishicha, uning yoshligidan qo‘shimcha tishlari o‘sa boshlagan. Bu jarayon unga hech qanday noqulaylik tug‘dirmagan, lekin ota-onasi qizini shifokorga ko‘rsatishni, ortiqcha tishlarini olib tashlashni tavsiya qilgan. Biroq, qiz muolajadan qo‘rqib, tishlarini saqlashga qaror qilgan.
“Ginnesning rekordlar kitobiga kirganimdan xursandman. Bu mening hayotimdagi asosiy yutug‘im", degan Kalpana nashrga bergan intervyusida.
Mutaxassislarning fikricha, qo‘shimcha tishlarning o‘sishi ularning shakllanish jarayonidagi o‘zgarish bilan bog‘liq. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisining qariyb 4 foizi bir yoki bir nechta qo‘shimcha tishlarga ega.