366 nafar jurnalist koronavirusdan vafot etdi – XJT

Olam

image

Joriy yilning mart oyi boshidan buyon yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19 tufayli 47 mamlakatdan kamida 366 jurnalist vafot etdi. Bu haqda Xalqaro jurnalistlar tashkilotining Bosh kotibi Blez Lempen Jenevada bo‘lib o‘tgan Inson huquqlari bo‘yicha kengashning 45-sessiyasi ochilishida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalari xodimlari orasida pandemiya sababli o‘lim ko‘rsatkichlari keskin ortgan. Buning ko‘p qismi Hindiston hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Lempen Inson huquqlari bo‘yicha Kengashga a’zo 47 davlatni jurnalistlarning sog‘lig‘ini himoya qilish choralarini ko‘rishga chaqirdi. 

Xalqaro jurnalistlar tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 tufayli vafot etgan jurnalistlar soni shu yilning 1 iyulidan sentyabr oyining boshigacha ikki baravar ko‘paygan. 

Umuman olganda, pandemiya Lotin Amerikasida 205, Osiyoda 90, Yevropada 28, Afrikada 22 va Shimoliy Amerikada 21 jurnalistning hayotiga zomin bo‘ldi. 

Bundan tashqari, Xalqaro jurnalistlar tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil boshidan beri dunyoda 54 jurnalist turli sabablarga ko‘ra o‘ldirilgan. Shunday qilib, bu yil dunyo ommaviy axborot vositalarining "yo‘qotishlari" soni 400 kishidan oshdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Xalqaro jurnalistlar tashkiloti

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing