35 yillik faoliyatim davomida “Navbahor”dek vaqt cho‘zadigan jamoani ko‘rmaganman – Jezush

Sport

image

Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) “D” guruhining 1-turidan o‘rin olgan “Al-Hilol”-“Navbahor” o‘yini yakunlangach, mezbonlar ustozi Jorji Jezush OAVga intervyu berib, namanganliklar o‘yin davomida vaqt cho‘zganini aytib o‘tdi.

“35 yillik murabbiylik faoliyatim davomida “Navbahor”dek vaqt cho‘zadigan jamoani ko‘rmaganman. Natija meni umuman xavotirga solmaydi, chunki biz futbol ko‘rmadik. Men bunday zerikarli va kulguli futbol o‘ynab ko‘rmaganman. Hakamlik darajasi esa raqibimizning darajasi bilan bir xil edi”, deydi Jezush.

O‘z navbatida Samvel Babayan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun biz Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik. Raqibimiz - “Al-Hilol”dan kelib chiqqan holda taktika tanladik. Albatta, oxirida o‘tkazib yuborilgan gol kayfiyatga ta’sir qiladi. “Al-Hilol”ga qarshi o‘yinda vaqt cho‘zish, bu barcha jamoalar uchun normal holat. Futbolchilarimiz atayin vaqt cho‘zishmadi, jarohatlari va toliqish bunga sabab bo‘ldi. Nima bo‘lgan taqdirda ham keragidan ortiq 14 daqiqa qo‘shib berildi. Hujum qilmadik? Hujum qilishimizni Namanganda ko‘rasizlar”, deydi Babayan.

“Navbahor” OCHLdagi keyingi o‘yinini 3 oktyabr kuni o‘z uyida Hindistonning “Mumbay Siti” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Samvel Babayan Navbahor Al-Hilol Jorji Jezush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing