35 yoshli piyodani urib yuborgan haydovchini topganga pul mukofoti beriladi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan shaxsni topganga 10 mln so‘m pul mukofoti beriladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, noma’lum avtomashina joriy yilning 18 iyun kuni soat taxminan tungi 01:45 da Urganch-Xonqa avtomobil yo‘lining 3-kilometrida  yo‘l chekkasida harakatlanib borayotgan 35 yoshli erkakni urib yuborgan va haydovchi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmasdan hodisa joyidan qochib ketgan. Oqibatda, Xonqa tumanining “Bunyodkor” mahallasida yashagan, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro X.Egamberdiyev olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

IIBning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi kunda yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va unga tegishli avtomashinani aniqlash va ushlashga qaratilgan qidiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Aziz yurtdoshlar, agar siz ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan shaxs to‘g‘risida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, 102; 62 220-40-14; 97-602-02-22; 90-713-08-13 raqamli telefonlar orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, jinoyatni fosh etishda yaqindan yordam bergan shaxs 10 mln so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanib, unga tegishli ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm jinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing