322 nafar rossiyalik O‘zbekistonni tark etdi 

Jamiyat

image
Yana 188 nafar Rossiya fuqarosi O‘zbekistonni tark etdi north_east

Yana 188 nafar Rossiya fuqarosi O‘zbekistonni tark etdi

“Aeroflot” aviakompaniyasi 24 mart kuni 322 nafar rossiyalikni Toshkentdan Moskvaga evakuatsiya qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

"24 mart kuni 322 nafar rossiyaliklar "Aeroflot" reysi bilan Moskvadagi "Sheremetevo" aeroportiga yetkazildi", deyiladi xabarda.

Avvalroq, "Aeroflot" Toshkentdan Moskvaga beshta charter reysini amalga oshirgan, ularda jami 2 ming Rossiya fuqarosi evakuatsiya qilingan edi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda dunyoda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 381 293 nafarni tashkil etyapti. 16 572 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 101 344 nafardan ziyod insonlar koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.

Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni 438 kishini tashkil etmoqda. Shu kungacha 1 kishi vafot etgan, 17 kishi davolangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 49 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin evakuatsiya

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing