32 sudyaning vakolati muddatidan avval tugatildi
Jamiyat
−
20 Sentabr
7096O‘zbekistonda joriy yil davomida 32 nafar sudyaning vakolati muddatidan avval tugatilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda kecha, 19 sentyabr kuni Sudyalar oliy kengashi mas’ullari matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2024 yilning 18 sentyabr holatiga ko‘ra, sud hokimiyati tizimida 1490 nafar sudya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 209 nafari ayollar bo‘lib, ayol sudyalarning 24 nafari rahbarlik lavozimida ishlaydi.
“O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi sudyalarning 511 nafari sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatida ishlab kelmoqda. 923 nafari, ya’ni mavjud sudyalarning qariyb 70 foizi 10 yillik muddatga, 54 nafari esa muddatsiz davrda ishlab kelmoqda”, deydi Sudyalar oliy kengashining sho‘ba mudiri Nodira Boboxonova.
Mas’ulning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda 32 nafar sudyaning vakolati muddatidan avval tugatilgan. Xususan, ularning 13 nafari sudyalik qasamyodini buzgani uchun, 6 nafari Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun va 13 nafar sudya o‘z arizasi asosida vakolat muddatidan avval tugatilgan.
Madina Salimova