30 yillik munosabatlar: Erdo‘g‘an Japarovni tabrikladi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 23 dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi va uni davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda Turkiya Prezidenti devoni tarqatgan bayonotda aytiladi.  

“Rahbarlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qadamlar bilan bir qatorda mintaqaviy muammolarni ham muhokama qildi. Muzokaralar chog‘ida Turkiya Prezidenti Qirg‘iziston Prezidentini mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan tabrikladi. Erdo‘g‘an (Turkiya) Qirg‘iziston Respublikasini mustaqillik bilan tabriklagan birinchi davlat ekanini ta’kidladi. U o‘tgan 30 yil davomida mushtarak tarix, madaniyat va qardoshlikka asoslangan turk-qirg‘iz munosabatlari barcha sohalarda izchil va jadal rivojlanib borayotganini qayd etdi”, deyilgan Erdo‘g‘an ma’muriyati xabarida. 

Turkiya rahbarining ta’kidlashicha, Anqara va Bishkek “ushbu alohida va ahamiyatli yubiley munosabati bilan qabul qilingan qo‘shma bayonotda hamkorlik va hamjihatlikni chuqurlashtirish bo‘yicha mushtarak iroda ko‘rsatgan”. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 20 dekabr kuni Prezident Japarov matbuot xizmati Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar dronlari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati xizmatiga kirganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an Japarov

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing