30 ming uyning bir oylik iste’moliga teng elektr energiyasi o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
17 fevral 2023
9934Bir necha hududda 6,3 mln kVt soat miqdoridagi jami 2,6 mlrd so‘m elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qildi.
Malum qilinishicha, Namangan viloyatida “Istiqlol Javohiri” mas’uliyati cheklangan jamiyati elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanishi oqibatida 646 mln so‘m zarar yetkazgan. Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi “Zamin Sirojxon” fermer xo‘jaligi esa elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 275 mln so‘m zarar keltirgan.
Shuningdek, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Sardor-Sarvar-Akmal Stroy” MCHJ elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishi orqali 187 mln so‘m qayta hisob-kitob qilingan.
Qayd etilishicha, ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 30 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi.
“Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste’molchilarning elektr qurilmalari tarmoqdan ajratilib, holat bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi