3 yashar qizcha stomatolog qabulida vafot etdi
Olam
−
22 dekabr 2023
15569Qirg‘izistonning Bishkek shahrida tish shifokorining qabuliga borgan 3 yoshli qizcha vafot etdi. Bu haqda “AKIpress” mahalliy nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, qizcha stomatologiya klinikasiga tishlarini tozalatish uchun borgan. Shifokor esa unga umumiy narkoz qilgan. Shundan so‘ng qizcha qaytib uyg‘onmagan.
Voqeadan so‘ng, 18 dekabr kuni qizning buvisi politsiyaga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, I.Q.Oxunboyev nomidagi stomatologiya klinikasi tibbiyot xodimlari o‘z kasbiy burchlarini mas’uliyat bilan bajarmaganliklari sababli uning nabirasi vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 146-moddasi (Tibbiyot yoki farmatsevtika xodimining kasbiy majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, stomatologiya klinikasida sodir bo‘lgan ushbu voqea munosabati bilan vazir maslahatchisi boshchiligida komissiya tuzilgan. Shuningdek, poliklinika faoliyati ushbu ishning holatlari aniqlanguniga qadar to‘xtatilgan. Mazkur vaziyatni Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining shaxsan o‘zi o‘rganmoqda.
LiveBarchasi