3 oyda O‘zbekistonda qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonda 203,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda tug‘ilish 13,4 foizga oshgan.

O‘zbekistonda 2021 yilda qayd etilgan tug‘ilishlar soni 1991 yilda qayd etilgan tug‘ilishlar bilan solishtirilganda 25,1 foizga oshgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 35 433 772 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.


Maqola muallifi

Teglar

statistika tug'ilish

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing