3 kunda qo‘shimcha 2000 o‘rinli tibbiy muassasa ishga tushadi – Musayev

Jamiyat

image

Toshkentda joylashgan “O‘zekspomarkaz”ning yana ikki pavilonida Mudofaa vazirligi tomonidan 800 o‘rinli qo‘shimcha statsionar tashkil qilinadi. Bu haqa Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ma’lum qildi.

Behzod Musayevning aytishicha, 2-3 kun ichida yana qo‘shimcha 2000 o‘rinli davolash markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

“Yoshlik arenasida DXX tomonidan 520 o‘rinli statsionar, “O‘zekspomarkaz” yaqinidagi yengil atletika zalida Ichki ishlar vazirligi tomonidan 750 kishiga tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi, davolovchi tibbiy muassasa ishga tushadi”, deydi Musayev.

Yangi tashkil qilinadigan statsionarlar qaysi tashkilot tomonidan tashkil qilingan bo‘lsa, o‘sha idora gospitaliga biriktirib qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, hozirda “O‘zekspomarkaz” pavilonida Toshkent shahar hokimligi tomonidan 1000 o‘rinli statsionar tashkil qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing