3 hududda jami 13 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Andijon viloyatida jami 13 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 8 nafar, Xorazm viloyatidan 3 nafar, Andijon viloyatidan 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ular respublika va viloyat sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlarning barchasi Qoraqalpog‘iston (7 nafari Nukus shahridan, 1 nafari Mo‘ynoq tumani)dan bo‘lib, ularning hammasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda 62 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 70 nafarni tashkil etmoqda.

Xorazmda tuzalganlarning 1 nafari ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan., qolgan ikki nafar fuqaro esa Namangan va Samarqand viloyatlaridan. Ularning ikki nafari ham Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Viloyatda shu paytga qadar 135 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 138 nafarga yetdi.

Shuningdek, Andijonda sog‘ayganlarning 1 nafari Andijon shahridan bo‘lib, 45 yoshda, yana 1 nafari Oltinko‘l tumanidan bo‘lib, 43 yoshda. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Viloyatda shu paytga qadar 109 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 111 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1255 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2094 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing