+290. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 18 mingdan oshdi
Jamiyat
−
22 iyul 2020
108452020 yil 22 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 290 nafarga oshib, 18 171 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 131 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 61 nafar Andijon viloyatida, 50 nafari Surxondaryo viloyatida, 19 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda 13 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 9 521 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (52 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 8 554 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 101 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi