29 yil avval qabul qilingan militsiya xodimlari to‘g‘risidagi qonun o‘z kuchini yo‘qotdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun bilan quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi:

1) O‘zbekiston Respublikasining 1990 yil 31 oktyabrda qabul qilingan “Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 136–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990 yil, № 31–33, 355-modda);

2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 6 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 73–I-sonli Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 6, 121-modda) 230-bandi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing