29 ta xo‘jalik jamiyatining davlat aksiyalari investorlarga sotiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi. 

Qarorga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish yo‘llari belgilanadi.

Kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik, bank-sug‘urta sohasidagi davlat aksiyalari, xususan, 29 ta xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalari investorlarga sotiladi.

“Aloqabank” AJ, “Qizilqumsement” AJ, “Sosa-sola Ichimligi” qo‘shma korxonasidagi davlat aksiyalari shular jumlasidandir.

“Road Show” dasturlari ishlab chiqiladi.

Xalqaro biznes arenada O‘zbekistonning ijobiy imijini ilgari surish bo‘yicha “Invest in Uzbekistan” axborot kampaniyasi yaratiladi.

Shuningdek, 6 mlrd 131 mln dollarlik xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining ro‘yxati tasdiqlandi.

2019 yilda O‘zbekiston vakillari 9 ta xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlarda ishtirok etadi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori Davlat aktsiyalari

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing