28 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi
Bu qiziq
−
28 Sentabr 2023
14192AQSHda 28 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi. Bu haqda CBS News xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1996 yilda Xerardo Kabanillas to‘xtab turgan mashinaga hujum qilganlik va ikki nafar ayolni zo‘rlaganlikda ayblangan.
Manbaga ko‘ra, Kabanillasning ishi tuman prokuraturasining cudlov halolligini tekshirish bo‘limi tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan. Ko‘p yillardan keyingi DNK tekshiruvlari uning jinoyatga aloqasi yo‘qligini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng sudya uni aybisiz deb topib, ozod etishga qaror qilgan.
“Oradan ko‘p yillar o‘tib DNK tekshiruvi Kabanillasning jinoyatga aloqasi yo‘qligini ko‘rsatdi. Bu ish bo‘yicha boshqa gumondorlar qo‘lga olinmagan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq WSJ jurnalisti Rossiyada “nohaq hibsga olingan” deb tan olingani haqida xabar bergan edik.
Mashhura Imomova
LiveBarchasi