27 nafar o‘zbekistonlik Olmaotada hibsga olindi
3-sahifa
−
06 iyun
72318Olmaotada huquq-tartibot idoralari xodimlari 27 nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda “Zakon” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, militsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Nelegal” tezkor-profilaktika tadbiri davomida O‘zbekiston fuqarolari aniqlangan. 27 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘iston migratsiya qonunchiligini buzgani uchun qo‘lga olingan. Tekshiruv davomida to‘qqiz nafar xorijlik fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan.
“Hozirda huquqbuzarlar shahar ichki ishlar bo‘limining qabulxonasiga joylashtirildi. Har bir huquqbuzarning shaxsini ishonchli aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, deydi Olmaota politsiya departamenti migratsiya xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Gennadiy Men.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Qozog‘istonda Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani uchun mamlakatdan majburan chiqarib yuborilgandi.
LiveBarchasi