26 marta tezlikni oshirgan haydovchi 28 million jarima to‘ladi

Jamiyat

image

Andijon shahrida 2 oy davomida 26 marta qoida buzarlik sodir etgan haydovchi 28 million so‘m miqdorda jarimaga tortildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqalanishicha, fuqaro B.I. avtomobilda harakatlanayotgan vaqtida yo‘llarda belgilangan harakat tezligini oshirib, 2022 yil 20 oktyabrdan 28 dekabrga qadar, ya’ni 2 oy davomida jami 26 ta qoidabuzarlik sodir etgan.

Oqibatda 26 ta qoidabuzarlik bo‘yicha ma’muriy jarima qo‘llanilgan bo‘lib, uning miqdori 28 170 000 so‘mga borib yetgan.

Ma’muriy jarimalarni undirish maqsadida byuroning Andijon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro B.I. bilan tushuntirish ishlari olib borilib, qo‘llanilgan 28 170 000 so‘m jarima pullari to‘liq undirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jarima tezlikni oshirgan haydovchi qoida buzarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing