25 nafar o‘zbekistonlik Rossiyada qullikdan qutqarildi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2019 5387 1 daqiqa
O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasining Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Astraxanda bo‘lib turgan 25 nafar o‘zbekistonlikka yordam berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, konsul Xo‘jabahlil Asamov o‘zbek diasporasi rahbari Bahodir Aminov bilan 25 nafar O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani va ish haqi to‘lanmagani to‘g‘risida ma’lumot olib Xarabali tumaniga borgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida hujjatlar qaytarildi, ish haqi to‘landi, o‘zbekistonliklar esa Vatanga yuborildi.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan oblasti, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd oblasti, Rostov oblasti) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda mamlakatning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishi mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-863-285-50-57.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr