25 aprel. O‘zbekiston va jahonda koronavirus bilan bog‘liq qanday yangiliklar yuz berdi?

Olam

search-512

So‘nggi 24 soat ichida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qanday yangiliklar bor? Qanday voqea-hodisalar yuz berdi? Bularning bari QALAMPIR.UZ’ning 25 aprel kungi dayjestida.


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasi holatlari soni 2 626 321 ga yetdi. 181 mingdan ortiq odam vafot etdi. Tashkilotning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutkada dunyoda 81,529 yangi infeksiya va 6,260 o‘lim holatlari qayd etilgan. Infeksiyadan zararlanishning aksariyati Yevropada aniqlangan (1,284,216).

2020 yil 24 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1804 nafarni tashkil qilmoqda. Sog‘aygan bemorlarning soni keskin ko‘tarilib, 621 nafarga yetdi.

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida 93 yoshli ayol koronavirusdan davolandi, shifokorlar uni va boshqa bir qator keksa bemorlarni qarsak chalib olqishladi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Qozog‘istonda hozirgi kunda 2,3 mingdan ortiq odamda infeksiya aniqlangan. 25 bemor vafot etgan. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 16 martdan beri amalda bo‘lgan favqulodda holat rejimini Nur-Sulton, Olma-Ota va Chimkentda uzaytirdi.

Sankt-Peterburgdagi Yelizaveta kasalxonasining anestezist-reanimatologi Sergey Beloshitskiy koronavirus bilan kasallanganidan so‘ng vafot etdi. Rus shifokori infeksiyadan zararlangan bemorlar bilan ishlagan. TASS xabariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallangan 121 tibbiyot xodimi Sankt-Peterburgdagi Botkin kasalxonasida davolanmoqda. Ulardan uch nafari o‘pkani sun’iyo shamollatish apparatiga (O‘SSHA) ulangan. So‘nggi bir kun ichida Rossiyaning 82 mintaqasida 5849 ta koronavirusga chalinishning yangi holati aniqlandi. Zararlanganlarning aksariyati Moskva, Moskva viloyati va Sankt-Peterburgda qayd etilgan. Epidemiya boshlangandan beri mamlakatda bemorlarning umumiy soni 68 622 nafarga yetdi.

Qo‘shma Shtatlardagi 5,1 milliondan ortiq odam COVID-19 testidan o‘tkazildi. "Ertalabki ma’lumotlarga ko‘ra, 5,1 million amerikalik koronavirus uchun testdan o‘tgan. Mamlakat bo‘ylab testdan o‘tish ko‘payib borar ekan, kasallik holatlari ham oshib boradi. Odamlar bunday raqamlardan xafa bo‘lmasliklari kerak. Biz uchun juda ijobiy tendensiya kuzatilmoqda”, dedi vitse-prezident May Pens matbuot anjumanida.

Turkiyada COVID-19 bilan kasallangan bemorlar soni 101,790 nafarni tashkil etmoqda. Bir kunda 3 116 ta yangi infeksiya holati aniqlandi. Hammasi bo‘lib, Turkiyada 2 491 kishi koronavirusdan vafot etgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Lotin Amerikasi davlatlarida quyidagi holat kuzatilmoqda: Kolumbiya koronavirusning yanada tarqalib ketishining oldini olish maqsadida 44 nafar mahbusni ozodlikka chiqardi. Meksikada infeksiya bilan zararlangan bemorlarning 152 nafari hayotdan ko‘z yumdi. Venesuelada karantin rejimini yengillashtirish maqsadida ko‘chaga bolalar bilan chiqishga ruxsat berildi. Paragvayda joriy etilgan karantin cheklovlari 3 mayga qadar uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston COVID-19

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing